"Kitobxonlik bizni birlashtiradi" shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Bag'rikenglik haftaligi doirasida faol kitobxonlar ishtirokida "Kitobxonlik bizni birlashtiradi" shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbati davomida turkiy xalqlar adiblari va ularning asarlari xususida bahs munozara tashkil qilindi. Shuningdek kitobxonlar tashkil qilingan turkiy adabiyotlar ko`rgazmasidagi kitoblar bilan yaqindan tanishib, fikrlar almashishdi.