Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Joriy yilning 12-noyabr sanasida Ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonachisiga kutubxona faoliyatini samarali tashkil etish, kitob fondini tartibga solish, yangi adabiyotlarni ro‘yxatga olish va kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.
✨Jarayon davomida kutubxona hujjatlarini yuritish, kitoblarni kataloglashtirish, o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa targ‘ibotiga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

