KITOBXONLAR OQIMI — MA’RIFATGA INTILISH BELGISI
KITOBXONLAR OQIMI — MA’RIFATGA INTILISH BELGISI
🏛So‘nggi kunlarda Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markaziga yangi kitobxonlarning tashrifi tobora ortib borayotgani quvonarli holatdir. Bu esa aholimiz, ayniqsa yoshlar orasida kitobga bo‘lgan qiziqish va ma’naviy o‘sishga intilish tobora kuchayib borayotganidan dalolat beradi.
🔖Kutubxona — bu shunchaki kitoblar jamlangan maskan emas, balki inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy olamini boyituvchi muqaddas dargohdir. Bugun ushbu maskanga qadam qo‘yayotgan har bir kitobxon — ertangi kunning bilimli, tafakkuri keng va barkamol insonidir.
Bizning asosiy maqsadimiz — kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, ularni zarur adabiyotlar bilan ta’minlash hamda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishdan iborat.
📖 Hurmatli kitobxonlar!
Sizni kutubxonamizda kutib qolamiz. Zero, har bir kitob — bu yangi bir olam eshigidir.


