"Kitobxonlar ma'naviy- ma'rifiy sayohatda" nomli ekskursiya tashkil etildi.
Joriy yilning 17- yanvar sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markaziga "Kitobxonlar ma'naviy- ma'rifiy sayohatda" nomli ekskursiya tashkil etildi. Sayohat davomida faol kitobxon o'quvchilar kutubxona faoliyati, mavjud adabiyotlar fondi, sport va sog'lom turmush tarziga oid kitoblar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek yosh sportchilarga kitob mutolaasining inson tafakkuri va shaxsiy rivojlanishdagi oʻrni haqida tushunchalar berildi.Tadbir oʻquvchilarda kitobxonlik madaniyatini oshirish,bilim olishga boʻlgan qiziqishni oshirish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.Sayohat qiziqarli savol-javoblar bilan yakunlandi va ishtirokchilar kutubxona faoliyatiga yuqori baho berishdi.


