Kitobxonlar klubi a'zosi : Farog'at Ortiqova
Oliy fazilat
Men vatanga muxabbatni
Onam qarog'ida ko'rdim,
Tuproqqa sadoqatni
Qo'lin qadog'ida ko'rdim.
Men vatanga sof xizmatni
Onam sabotida ko'rdim,
"Ona Vatan" ne'matini
Onaning otida ko'rdim.
Eng oliy fazilatni
Mungli ko'zlarida ko'rdim,
Hayotning xikmatini
G'amgin yuzlarida ko'rdim.
O'ziga tegishlimas
Qirq joni, ming joni ham,
Farzandi sog' bo'lsa bas
Bo'lmaydi armoni ham.
Men vatanga muxabbatni
Onam qarog'ida ko'rdim,
Tunni tonga ulagan
Mehr bulog'ida ko'rdim.
Kitobxonlar klubi a'zosi : Farog'at Ortiqova