Kitobxonlar klubi a`zolari ishtirokida "Mening sevimli mashg'ulotim" nomli tadbir tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlar klubi a`zolari ishtirokida "Mening sevimli mashg'ulotim" nomli tadbir tashkil qilindi.Tadbirda ishtirokchilar o'zlarining sevimli mashg'uloti, she`r va hikoyalar yozish hamda o'zlari yoqtirgan asarlar va kitoblar haqida gapirib o'tishdi. Jumladan Allayorova Marjona eng sevimli she`rlaridan aytib o'tgani ko`pchilikni e`tiborini torta oldi. Klub a`zolari o'rtasida o`zlari uchun sevimli bo'lgan bahru bayt o'yini ham bo'lib o'tdi.