Kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida "Kvest jamoaviy o‘yini" tashkil qilindi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlarni o‘qishdan bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazish maqsadida "Do‘stlik bilimdonlari" kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida "Kvest jamoaviy o‘yini" tashkil qilindi.Tadbir davomida kitobxonlikka oid qiziqarli savol-javoblar hamda bir-biridan ajoyib shartlar bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.Tadbir bahs va munozaraga boy bo‘lib, 18 nafar ishtirokchi faol qatnashdi.