"Kitobxonlar klubi "a'zolari ishtirokida "Kitoblar sizni sayohatga chorlaydi" nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati xodimlari tomonidan IV Respublika "Kitobxonlik haftaligi" ga bag'ishlangan 3-kunida 1-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi "Kitobxonlar klubi "a'zolari ishtirokida "Kitoblar sizni sayohatga chorlaydi" nomli davra suhbati tashkil qilindi.Davra suhbati davomida Ilxom Qahhorovning "O‘qing faqat yig‘lamang" kitobidan "Xudo o‘zi yaxshi yo‘l ko‘rsatar " nomli hikoyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.O‘quvchilar asar borasida qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Savol-javoblarda faol qatnashgan o‘quvchilar diplom bilan taqdirlandi.