"Kitobxonlar klubi" a'zolari ishtirokida "Alifbe sarguzashti" nomli kvest jamoaviy o‘yini tashkil etildi.
Joriy yilning 3-iyul sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxonlar hamda "Kitobxonlar klubi" a'zolari ishtirokida "Alifbe sarguzashti" nomli kvest jamoaviy o‘yini tashkil etildi.
Mazkur kvest o‘yinidan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, mantiqiy va ijodiy fikrlash qobiliyatini oshirish, shuningdek, jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
O‘yin davomida ishtirokchilar belgilangan bekatlar bo‘ylab harakatlanib, quyidagi shartlar asosida o‘z bilim va topqirliklarini sinovdan o‘tkazdilar:
* 1-shart – "Harfni top"
* 2-shart – "So‘z tuz"
* 3-shart – "Tezkor alifbe"
Har bir shartni bajarish jarayonida o‘quvchilar tezkor fikrlash, zukkolik, topqirlik hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Tadbir ishtirokchilarda ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otib, qiziqarli va maroqli ruhda o‘tdi.
Mazkur kvest jamoaviy o‘yinida jami 15 nafar faol kitobxon o‘quvchi ishtirok etdi.


