Kitobxonlar klubi aʼzolari ishtirokida Abdulla Oripov tavvaludi munosabati bilan ʼʼVatanni madh etgan shoirʼʼ nomli tadbir tashkil qilindi.
Doʻstlik tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish hamda ularni maʼnaviyatini yuksaltirish maqsadida 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabi kitobxonlar klubi aʼzolari ishtirokida Abdulla Oripov tavvaludi munosabati bilanʼʼVatanni madh etgan shoirʼʼ nomli tadbir tashkil qilindi. Dastlab tadbirda Abdulla Oripov hayotiy ijodiy faoliyati haqida ma`lumotlar berildi. So`ng oʻquvchilar tomonidan shoirning she`rlaridan parchalar o`qildi. Kuy va raqslar, qiziqarli oʻyinlar tadbirga yanada ko`taringki joziba baxsh etdi.Tadbir barchaga birdek manzur boʻldi.