Kitobxonlar ishtirokida yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 17-iyun sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Bog‘zor mahalla fuqarolar yig‘inidan tashrif buyurgan kitobxonlar ishtirokida yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📌Ko‘rgazmada kutubxona fondiga yangi kelib tushgan badiiy, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar namoyish etildi. Tadbir davomida kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan tanishib, ularning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
✨Mazkur ko‘rgazma kitobxonlarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, yangi adabiyotlarni keng targ‘ib etish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.


