Kitobxon yoshlar oʻrtasida navbatdagi "Zukko kitobxon" koʻrik tanlovi oʻtkazildi.
Doʻstlik tuman adliya boʻlimi, Yoshlar ishlari agentligi, maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda Axborot-kutubxona markazi hamkorligida "Mening mahallamda jinoyat boʻlmaydi" dasturi doirasida kitobxon yoshlar oʻrtasida navbatdagi "Zukko kitobxon" koʻrik tanlovi oʻtkazildi. Ushbu tanlov yakuniy natijalariga koʻra eng yuqori ball bilan 10-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchisi Mirsaidova Charos gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va viloyat bosqichiga yoʻllanma oldi. Faol ishtirok etgan oʻquvchilar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.