“Kitobxon yoshlar — ma’rifatli jamiyat poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan faol kitobxon yoshlar ishtirokida “Kitobxon yoshlar — ma’rifatli jamiyat poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Bundan asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, mutolaa orqali dunyoqarashi va ma’naviy salohiyatini oshirish, shuningdek, kitobga bo‘lgan mehrini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Davra suhbatida faol kitobxon yoshlar, kutubxona xodimlari hamda kitob mutolaasiga qiziqadigan yoshlar ishtirok etdilar. Suhbat davomida kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, mutolaaning yoshlar tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Ishtirokchilar o‘zlari sevib o‘qigan asarlari, sevimli adiblari va mutolaa taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Ayniqsa, yoshlar tomonidan kitob tanlash, muntazam mutolaa qilish, o‘qilgan asar mazmunini tahlil etish va undan hayotiy xulosalar chiqarish borasida qiziqarli fikrlar bildirildi.



