"Kitobxon qizlar — ma’rifat elchilari"nomli sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 12-oktyabr kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurgan kitobxon qizlar ishtirokida"Kitobxon qizlar — ma’rifat elchilari"nomli sayohat tashkil etildi.
🗞Sayohat davomida ishtirokchilar uchun mazmunli va qiziqarli muhit yaratilib, ularning dunyoqarashini kengaytirish, bilim va tafakkurini boyitish hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
📝Bunday ma’rifiy tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitob va ma’naviyat olamiga yanada yaqinlashtirish, shuningdek, faol kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


