"Kitobxon onalar" shiori ostida "Mehr bilan oʻqilgan sahifalar" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 6-mart kuni 1-umumiy o'rta taʼlim maktabining faollar zalida "Kitobxon onalar" shiori ostida "Mehr bilan oʻqilgan sahifalar" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.Bunda faol kitobxon onalar bilan Kitob oʻqishning foydali tomonlari,farzandlarini kitob oʻqishga qiziqtirish va oʻzlarining kitob mutolaasiga boʻlgan munosabatlari haqida suhbat qilindi.
Kitob - insoniyatning bilim va tajribasini oshirib boradi, u avloddan-avlodga yetkazib beradigan muhim manba hisoblanadi.Kitob insonning eng yaqin doʻsti va sodiq maslahatchisi sanaladi.Shunday ekan kitobni doimo oʻqishni odat qilish va u bilan doʻst boʻlish bugungi kunning talabiga aylanmoqda.
Davra suhbati davomida Muhabbat Hamidovaning "Aldanganni aldama" kitobi haqida qisqacha soʻzlab berildi.



