“Kitobxon onalar” shiori ostida ,,Kitobxon ona- maʼnaviyat va tarbiya timsoliʼʼmavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 12- noyabr sanasida Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Do‘stlik tumani SEO vaJSB xodimlari ishtirokida “Kitobxon onalar” shiori ostida ,,Kitobxon ona- maʼnaviyat va tarbiya timsoliʼʼmavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida kitobxonlikning oiladagi o‘rni, farzandlar tarbiyasida onalarning ahamiyati hamda yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg‘otish haqida fikr almashildi.
✨Davra suhbatida Ahmad Lutfiy Qozonchining “Bir vijdon uyg‘onur” asari haqida ham so‘zlab berildi. Asarning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan ezgulik, vijdon, insoniylik va ma’naviy uyg‘onish g‘oyalari ishtirokchilarga yetkazildi.
Suhbat jarayonida kitob o‘qish inson dunyoqarashini kengaytirishi, ma’naviyatini yuksaltirishi va oilada sog‘lom tarbiya muhitini shakllantirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.


