"Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan davra suhbati tashkil qilindi
Kitobxonlikni keng targ'ib qilish, aholini kitobga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish, maqsadida Do‘stlik tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan tuman Tibbiyot birlashmasida hamshiralar ishtirokida " Kitob bilan do‘st tutinsang, olam seniki " nomli davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbati davomida Bibliografiya xizmati rahbari Munira Raximova tomonidan Iqbol Mirzoning "Bonu", Tohir Malikning "Jinoyatning uzun yo‘li" nomli kitoblariga sharh berilib, ushbu kitobni o`qishlik tafsiya qilindi. Shuningdek adabiyotlar ko`rgazmasi ham tashkil qilindi.