"Kitobxon ona va bola jamiyat poydevori" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Kitobxon ona va bola jamiyat poydevori" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Chingiz Aytmatovning "Hayot mamot" asari sharhlab berildi . Soʻng kitobxon onalar va bolalar ishtirokida qiziqarli viktorina oʻyinlari ham oʻtkazildi. Davra suhbati barchaga birdek manzur boʻldi.