"Kitobxon ona millat poydevori" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 15- iyul sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan har oyning 17 - sanasi "Kitobxon onalar" kuni deb belgilanganligi munosabati bilan "Kitobxon ona millat poydevori" nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida onalar o'zlari mutolaa qilgan asarlarni tavsiya qilishdi va kutubxona bo'ylab sayohat qilishdi. Shu bilan birgalikda Do'stlik tumani tarixiy muzeyiga ham sayohat qilishdi .Kitob o'qiydigan ona - bu ilmga, odobga tafakkurga yo'g'irilgan bir olamdur .Bugungi axborot zamonida kitobxon onalarning roli yanada muhim. Zero kitobni do'st tutgan onalar- farzandining hayotida porloq yulduz bo'lib porlayveradi. Ana shunday mazmunda oʻtkazilgan davra suhbatiga 8 nafar kitobxon onalar jalb etildi.