"Kitobxon ona-ma'rifatli bola" mavzusida davra suhbati o`tkazildi
Joriy yilning 15-sentyabr sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan har oy oʻtkazib kelinayotgan "Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan "Kitobxon ona-ma'rifatli bola" mavzusida tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli poliklinika patronaj xodimlari bilan hamkorlikda davra suhbati oʻtkazildi. Bolalarning ilm maʼrifatli boʻlishida avvalo ona kitob oʻqishi, bilimli boʻlishi qanchalik muhim ekanligi ishtirokchilarga keng mavzuda tushuntirib oʻtildi. Shuningdek mutolaa uchun kitoblar tavsiya etildi. Davra suhbatida 11 nafar potranaj xodimlari qatnashdilar.


