"Kitobxon ona ma'naviyat poydevori" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 17-noyabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Do'stlik tuman 3-sonli musiqa va san'at maktabida "Kitobxon ona ma'naviyat poydevori" nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi onalar o'rtasida kitob o'qish madaniyati targ'ib qilish, oilada mutolaa muhitini kuchaytirish, farzandlar tarbiyasida kitobning o'rnini yanada yuksaltirishdan iborat bo'ldi. Davra suhbati davomida turli hil yoshdagi kitobxon onalar faol ishtirok etishdi. ular farzandlarining ijodiy rivoji ma'naviy kamoloti va dunyoqarashini shakllantirishda kitobning o'rni va ta'siri haqida o'z fikr mulohazalarini bildirdilar. Tadbir davomida Xadicha Kubro Tongarning "Boshimning toji" kitobi atroflicha sharhlab berildi.Ushbu asarda ona mehri, oiladagi ma'suliyati, insoniylik sabr va matonat kabi fazilatlarning badiiy ifodasi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi .Kitobning g'oyaviy yo'nalishi, undagi hayotiy voqealar va ibratli xulosalar muhokama qilindi. Davra suhbati iliq va samimiy ruhda o'tdi. Onalar o'zaro tajriba almashib oila tarbiyasida kitobning o'rni borasida foydali xulosalar chiqardi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki uchun minadorchilik bildirildi . Tadbirda 12 nafar onalar ishtirok etdi.



