"Kitobxon ona - kitobxon bola" nomli bahs-munozara kechasi tashkil etildi.
Joriy yilning 3-iyul sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi madaniyatini shakllantirish va kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida axborot-kutubxona markazida "Kitobxon ona - kitobxon bola" nomli bahs-munozara kechasi tashkil etildi. Dastlab tadbirda kitobxon ona va bolalarga yangi adabiyotlar, kutubxona va kitobning oilada oʻrni haqida qisqacha maʼlumotlar berib oʻtildi. Soʻng asar mualifini toping ,she'rning qatorini to'ldiring, so'z o'yini kabi qiziqarli o'yinlar tashkil etildi. Shuningdek tadbir davomida kitobxon onalar ham o'zlari o'qigan asarlari haqida fikrlar almashishdi. Ushbu tabdir barchaga birdek manzur boʻlib, 15 nafar kitobxon onalar va bolalar jalb etildi.