"Kitobxon ona - farzand kamoli" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabi xodimlari va farzandlari ishtirokida "Kitobxon ona va bola" loyihasi doirasida "Kitobxon ona - farzand kamoli" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Aziz Nesinining "Ona tarbiyasi" nomli kitobi sharhlab berildi. Shu bilan birga qiziqarli savol-javoblar hamda kitoblar koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.Davra suhbati barchaga birdek manzur boʻldi.