"Kitobxon ona bola" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 19-iyun sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Oilada kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida Mevazor MFY da yashovchi kitobxon onalar va bolalar ishtirokida "Kitobxon ona bola" nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida Nigina Niyozning "U dunyodan qaytgan yigit" kitobi sharhlandi. Shuningdek Onalar va bolalar uchun boshqa bir qator kitoblar oʻqish uchun tavsiya etildi. Yosh avlod egalarini kitob mutolaasiga jalb etishda eng avvalo onalarning oʻrni ahamiyatli ekanligi va bu jarayonda onalar ham koʻproq kitob mutolaa qilib, oʻz farzandlariga tavsiya etishlari taʼkidlandi. Kitobxon onalar ham bu borada oʻz fikr mulohazalarini bildirib oʻtdilar.