Kitobxon oʻquvchilar uchun "Ochiq osmon ostida" yangi adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil qilindi.
Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi fondlarni to'ldirish, saqlash va qayta ishlov berish xodimlari tomonidan kitobxon oʻquvchilar uchun "Ochiq osmon ostida" yangi adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil qilindi. Ko'rgazmada brayl alifbosida yozilgan "O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi" hamda boshqa yangi adabiyotlar bilan tanishtirib o'tildi. Shuningdek koʻrgazmaga qoʻyilgan kitoblarga ham qisqacha sharh berilib, oʻqish uchun tavsiya etildi. Ko'rgazmaga 30 ta kitob qo'yildi va 19 nafar o'quvchi qatnashdi.