Kitobxon o`quvchilar ishtirokida qiziqarli viktorina o'yini tashkil qilindi.
Kitob — insonning eng yaqin do'sti va maslahatchisi, aql qayrog'i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo'lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo'tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga bo'lgan muhabbat, uni qadrlash, o'qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Insonning madaniyati uning kitobida aks etadi. Shu boisdan Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan yoshlarning kitobxonlik savodxonligini oshirish maqsadida 14-maktabning yosh kitobxon o`quvchilari ishtirokida qiziqarli viktorina o'yini tashkil qilindi.