Kitobxon bolalar ishtirokida "Kutubxona nurxona" nomi ostida sayohat tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markaziga ta'til vaqtini maroqli va mazmunli oʻtkazish maqsadida kitobxon bolalar ishtirokida "Kutubxona nurxona" nomi ostida sayohat tashkil qilindi. Sayohat davomida kutubxona va kitobdan foydalanish odob va qoidalari tushuntirildi.Shuningdek yangi kitoblar, bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirildi. Bolalarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Ushbu sayohatda 20 nafar kitobxon bolalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar.