"Kitobsiz olam nursiz olam " nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan Manas MFY dagi QVP hamshiralari ishtirokida "Kitobsiz olam nursiz olam " nomli davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbati davomida kutubxonamizdagi eng qiziqarli asarlar haqida bahs munozara, savol-javob va viktorina o'yinlari bo'lib o'tdi. Shu bilan birga ishtirokchilar o'zlari o'qigan asarlari haqida ham so'zlab berishdi.Bahs munozara juda qizg'in va mazmunli tashkil qilindi. Davra suhbatida 12 nafar hamshira va xodimlar ishtirok etdi.