"Kitobsevarlarga kutubxona tuhfasi" nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Joriy yilning 21-25-oktabr kunlari “INFOLIB O’ZBEKISTON-2024” XIII Milliy axborot- kutubxona haftaligi va “Yangi O’zbekiston kutubxonachilari-yangi kuch, yangi imkoniyatlar, yangi marralar!” Yosh kutubxonachilar-IV forumi o‘tkazilmoqda. Ushbu haftalik doirasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan "Kitobsevarlarga kutubxona tuhfasi" nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi.Tashkil qilingan ko'rgazmada 2-20-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari ishtirok etdi.Ko'rgazmada o'quvchilar turli xil mavzularga bag'ishlab yozilgan ko'plab kitoblar bilan tanishdilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan ma'lumot oldilar. Ko'rgazma bilan 30 nafar o'quvchilar tanishib oldilar.