" Kitobsevar millat " shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Manas MFY dagi 5 - umumiy o‘rta ta'lim maktabi o'quvchilari ishtirokida " Kitobsevar millat " shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida AKM xodimlari tomonidan axborot-kutubxona faoliyati va kitobning inson hayotidagi muhim ahamiyati borasida qiziqarli ma'lumotlar berildi hamda o'quvchilar o'rtasida qiziqarli savol-javob o'yinlari, she'riy aytishuvlar tashkil qilindi. Shuningdek o`quvchilar tomonidan qirg‘iz milliy raqslari namoyish etilganini tadbirga yanada ko`tarinki kayfiyat baxsh etdi.