"Kitobsevar millat" shiori ostida Mevazor MFY hududidagi sohil bo'yida ko'ngilochar tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 26- noyabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitobsevar millat" shiori ostida Mevazor MFY hududidagi sohil bo'yida ko'ngilochar tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish hamda jamoada ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo'ldi. Dastur davomida o'quvchilar turli qiziqarli o'yinlar va jismoniy mashg'ulotlarda faol ishtirok etishdi. Tadbir quvonchli lahzalarga, ijobiy kayfiat va jamoaviy ruh bilan boyitildi.Tadbir yakunida faol ishtirokchilar rag'batlantirildi va 15 nafar oʻquvchi yoshlar jalb etildi.



