"Kitobsevar millat " shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Kitobxonlar klubi a`zolari ishtirokida yoshlarni bo'sh vaqtini maroqli o'tkazish maqsadida "Kitobsevar millat " shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda turkiy adabiyotlar durdonalaridan "Omon Matjon" hamda "Usmon Nosir", "Qozoq adabiyotining antalogiyasi" kitoblariga sharhlar berib o`tildi. Shuningdek Jeyms Krilning "Atom odatlari" kitobi ham taqdimot qilindi. Shundan so'ng klub a`zolari ishtirokida qiziqarli savol-javob viktorina o'yinlari tashkil qilindi.