Kitobsevar Millat
Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2022 yil dasturida belgilangan "Kitobsevar Millat" shiori ostida yangi loyihamiz ish boshladi.Loyiha nomi "Kitobsevarlar E'tiborimiz Markazida", ushbu loyihaga muvofiq Do‘stlik AKM fondidagi kitoblarni eng ko‘p o'qigan kitobxon oila, kitobxon tashkilot, kitobxon, kitobxon mahalla, kitobxon ko'cha, eng yosh kitobxon,eng keksa kitobxonlar naminatsiyalar berib boriladi. Aynan bugun To'yjonovlar, Yusupovlar, Pardaboyevlar, Jabborovalar ushbu naminatsiyalar bilan taqdirlandi. Sizlarni ham ushbu loyiha ishtirokchisiga aylanishga taklif qilamiz.