Kitobsevar bolajonlar uchun “Birlashgan oʻzar” kitobidan “Birlashgan oʻzar” ertagi oʻqib eshittirildi.
Joriy yilning 18-aprel sanasida Doʻstlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonaga tashrif buyurgan kitobsevar bolajonlar uchun “Birlashgan oʻzar” kitobidan “Birlashgan oʻzar” ertagi oʻqib eshittirildi.
Mazkur ertak bolajonlarda katta qiziqish uygʻotdi. Ertakni diqqat bilan tinglagan ishtirokchilar oʻzlari uchun muhim xulosalar chiqardilar. Xususan, ertak qahramonlarining birlashib harakat qilgani, hamjihatlik orqali turli qiyinchiliklarni yengib oʻtgani bolajonlarda katta taassurot qoldirdi.
Ushbu ertak orqali bolajonlar birlashgan holda har qanday murakkab vazifalarni amalga oshirish mumkinligi, hamkorlik va oʻzaro yordamning ahamiyati haqida tushunchaga ega boʻldilar.



