"Kitobni oching mo'jizalar boshlanadi " deb nomlangan Ochiq osmon ostida kutubxona hamda bolalar adabiyoti ko'rgazmasi tashkil qilindi.
Do'stlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish" kuni munosabati bilan Yoshlar innovatsion bog'ida "Kitobni oching mo'jizalar boshlanadi " deb nomlangan Ochiq osmon ostida kutubxona hamda bolalar adabiyoti ko'rgazmasi tashkil qilindi.Ochiq osmon ostida tashkil qilingan kutubxonamizga tashrif buyurgan yoshlar va bolalar ishtirokida "Bu kim?" , "Muallifini toping?" kabi qiziqarli o'yinlar hamda viktorina savol-javob o'yinlari tashkil qilindi. Tadbir so'ngida barcha shartlarimizda o'z faolligini namoyon qilgan ishtirokchilarimiz AKM xodimlari tomonidan rag'batlantirildi. Koʻrgazmaga 100 ziyod kitobxonlar jalb qilindi.