“Kitobli onalar – baxtli bolalar” mavzusida kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 6-fevral sanasida axborot- kutubxona markazida kitobxon onalar va ularning farzandlari ishtirokida “Kitobli onalar – baxtli bolalar” mavzusida kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi onalar va bolalar o‘rtasida kitobga bo‘lgan mehrni yanada oshirish, oilada mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda badiiy asarlar orqali tarbiyaviy ahamiyatga ega g‘oyalarni singdirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida kutubxona xodimlari tomonidan afg'on yozuvchisi Xolid Husayniy qalamiga mansub☀️ "Ming quyosh shulasi" kitobi mazmuni so'zlab berildi va shu asar asosida baxs munozara tashkil qilindi.
