"Kitoblarga ajralmas do'st bo'laylik " nomli sayohat tashkil qildi.
Joriy yilning 19-dekabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markaziga 14-umumiy o'rta ta'lim maktabining 10-sinf o'quvchilari tomonidan "Kitoblarga ajralmas do'st bo'laylik " nomli sayohat tashkil qildi.Sayohat davomida o'quvchilarga kutubxona faoliyati, kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida ma'lumotlar berildi. So'ngra ular yoqtirgan va eng yangi asarlar bilan yaqindan tanishtirildi. Sayohatda 22 nafar o'quvchi yoshlar ishtirok etishdi.


