,Kitoblardan taralar ilm ziyosi" shiori ostida 1-umumiy o‘rta ta'lim maktabining faol kitobxonlari ishtirokida davra suhbati tashkil qilishdi.
,,Kitob beminnat ustoz" U har daqiqa bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi. Shu boisdan ham yoshlarning ma'naviyatini oshirish maqsadida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ,,Kitoblardan taralar ilm ziyosi" shiori ostida 1-umumiy o‘rta ta'lim maktabining faol kitobxonlari ishtirokida davra suhbati tashkil qilishdi. Davra suhbati davomida Jaloliddin Rumiyning ,,Hikmatlar" kitobi keng yoritilib berildi va o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berib o‘tildi. Davra suhbati davomida o‘quvchilar bilan o‘zaro bahs munozaralar tashkil qilindi va davra suhbati barcha kitobxon o‘quvchilarga birdek manzur bo'ldi.