"Kitoblarda olam yashirin " nomli sayohat tashkil qilindi
2023-yil 3-aprel sanasida Do‘stlik tumani Axborot-kutubxona markaziga Navro‘z MFY dagi 10-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi targ‘ibotchisi Gulmurodova Ozoda boshchiligida ijodkor o‘quvchilari tashrif buyurdi.Tashrif davomida kutubxona bo`ylab sayohat tashkil qilinib, unda o`quvchilar kutubxona bilan tanishib chiqdi. Kutubxonada mavjud adabiyotlar, tashkil qilingan ko`rgazmalar, barcha xizmatlarda olib borilayotgan ishlar yaqindan tanishtirildi .Ularni bilimini tekshirish maqsadida sayohat davomida qiziqarli savol -javoblar, tez aytishlar, maqollar so`raldi. Sayohat o`quvchilarga birdek manzur bo`ldi.