“Kitoblar olamining sehri ” nomli sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 17-noyabr kuni “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazida 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-“V” sinf o‘quvchilari ishtirokida“Kitoblar olamining sehri ” nomli sayohat tashkil etildi.
✨Sayohat davomida o‘quvchilar kutubxonaning kitob fondi, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari hamda elektron o‘quv zali bilan yaqindan tanishdilar. Kutubxona xodimlari tomonidan ularga kutubxonadan foydalanish tartibi, kitob mutolaasining inson hayotidagi ahamiyati va kitobxonlik madaniyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
🗞Shuningdek, o‘quvchilarni kitob olamiga yanada yaqinlashtirish, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish yuzasidan suhbatlar tashkil etildi.


