“Kitoblar olamiga marhamat” nomli ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 25-sentyabr kuni Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kitoblar olamiga marhamat” nomli ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
🔴Sayohat davomida o‘quvchilarga Axborot-kutubxona markazining faoliyati, bo‘limlari, kitob fondi va kutubxonadan foydalanish tartibi haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘quvchilar kutubxonadagi turli janr va mavzulardagi badiiy, ilmiy-ommabop hamda bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirildi.
🗣Sayohat davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning ahamiyati va kitobxonlik madaniyati haqida suhbat olib borildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan kitoblarni tanlab, mutolaa qilishga tavsiya oldilar.



