“Kitoblar olamiga hush kelibsiz!” nomli maʼrifiy sayohat tashkil etildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 18-fevral sanasida 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 7-“B” sinf oʻquvchilari ishtirokida “Kitoblar olamiga hush kelibsiz!” nomli maʼrifiy sayohat tashkil etildi.
💎Sayohat davomida oʻquvchilarga kutubxona fondida mavjud boʻlgan badiiy adabiyotlar, bolalar adabiyoti, jahon va oʻzbek adabiyoti namunalari, shuningdek, fan va turli yoʻnalishlarga oid ilmiy-ommabop kitoblar haqida batafsil maʼlumot berildi. Oʻquvchilar kutubxonadagi kitoblar joylashuvi, katalog va javonlar tartibi bilan ham yaqindan tanishdilar.
📌Bunday maʼrifiy sayohatlar yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitobga mehr qoʻyishga undash hamda bilim olishga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.
