"Kitoblar - maʼnaviy ozuqa manbaidir" deb nomlangan sayohat tashkil etildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markaziga joriy yilning 30-oktyabr sanasida 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchilari tomonidan "Kitoblar - maʼnaviy ozuqa manbaidir" deb nomlangan sayohat tashkil etildi. Ekskursiya davomida oʻquvchilarga kutubxonaga aʼzo boʻlish qoidalari va yangi binodagi yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud adabiyotlar haqida umumiy tushunchalar berib oʻtildi.Sayohatda 24 nafar o'quvchi yoshlar ishtirok etdi.




