Kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi
Ustoz — qalblarga ilm nurini ulashuvchi buyuk siymo
1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Axborot-kutubxona markazida ustoz va murabbiylarning sharafli mehnatiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.Ko‘rgazmadan ta’lim-tarbiya, ustoz-shogird an’analari, ma’rifat, ilm-fan va pedagogikaga oid qimmatli adabiyotlar, shuningdek, buyuk allomalar va ma’rifatparvarlarning ilm olish hamda ustozga hurmat haqidagi hikmatli fikrlari o‘rin oldi.Mazkur ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad — ustoz va murabbiylarning jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rnini e’tirof etish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat.