“Kitoblar jonlanganda” nomli videoroliklar namoyishi tashkil etildi.
Joriy yilning 14-aprel kuni Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida kichik yoshdagi kitobxon o‘quvchilar uchun “Kitoblar jonlanganda” nomli videoroliklar namoyishi tashkil etildi.
Mazkur videoroliklar namoyishining asosiy maqsadi — o‘sib kelayotgan yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni kitobxonlikka keng jalb etish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, tafakkuri, nutqi,tinglash qobilyatini va dunyoqarashini boyitishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida namoyish etilgan videoroliklar barcha o‘quvchi yoshlarda katta qiziqish uyg‘otib, ularga manzur bo‘ldi.


