“Kitoblar jaholatga qarshi ilm-ma’rifatning manbai” nomli sayohat tashkil qilindi
Joriy yilning 13-aprel sanasida Kitobxonlik haftaligi doirasida rejalashtirilgan “Kitoblar jaholatga qarshi ilm-ma’rifatning manbai” nomli sayohat Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar kutubxonada yaratilgan shart-sharoitlar, boy kitob fondi hamda turli yo‘nalishdagi adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga yangi loyihalar, elektron o‘quv zali hamda faol kitobxonlar burchagi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Sayohat jarayonida talabalarga kutubxonadan foydalanish qoidalari, kitoblarni asrab-avaylash hamda ulardan samarali foydalanish tartiblari yuzasidan ham tushuntirishlar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va kutubxonaga a’zo bo‘lish tartibi bilan tanishtirildilar.



