" Kitoblar ezgulikka chorlar " nomli davra suhbati tashkil etildi.
Kitoblar bolalarning dunyoqarashini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, ularning o'qish, o'rganish va o'z fikrlarini ifoda qilish uchun zarur bo'lgan ularning o'ziga xos fikr-mulohazalarini o'rgatadi va o'z-o'zidan uning kelajagiga va kelajakda o'z yo'lini topib keta olishda eng kerakli manba bo'lib xizmat qiladi .Shu munosabat bilan Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida 1- umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari ishtirokida " Kitoblar ezgulikka chorlar " nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida o'quvchilarga kitoblarni inson hayotidagi o'rni haqida ma'lumotlar berildi va qiziqarli turli xil viktorina o'yinlari tashkil etildi.