"Kitoblar bolajonlar nigohida" nomli tadbir tashkil qilindi.
Yozgi ta'til boshlanishi bilan ta'tildagi bolajonlar vaqtini mazmunli oʻtkazish, kitobxonlikka keng jalb qilish, ularning ma'naviyatini shakllantirish maqsadida Doʻstlik tuman axborot - kutubxona markazi hodimlari tomonidan 20 - umumiy o'rta ta'lim maktabining toʻgarak mashg‘ulotidagi faol kitobxon bolajonlar ishtirokida "Kitoblar bolajonlar nigohida" nomli tadbir tashkil qilindi. Tadbir davomida bolajonlar bilan qiziqarli oʻyinlardan biri "Sehrli soat" oʻyini, tez aytish musobaqalari, multfilm qahramonlarini kim birinchi topish va "Eng aqlli maslahat" ertagi borasida bahs - munozaralar, savol - javoblar boʻlib o'tdi. Tadbirimiz barcha ishtirokchi bolajonlarga birdek manzur boʻldi. Tadbirimizda 25 ta o'quvchi faol qatnashdi.