“Kitoblar – bilim kaliti” nomli sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 5-aprel sanasida Doʻstlik tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonaga tashrif buyurgan yosh kitobxonlar ishtirokida “Kitoblar – bilim kaliti” nomli sayohat tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga Axborot-kutubxona markazining faoliyati, kitob fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, yosh kitobxonlar “Omadli kitobxon” loyihasi, elektron o‘quv zali faoliyati hamda kutubxonadagi turli yo‘nalishdagi adabiyotlar bilan tanishtirildi. Ularga kutubxona xizmatlaridan foydalanish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Mazkur sayohat yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.


