“Kitoblar bilan kelajak sari” nomli ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 10-noyabr sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi hamkorligida “Kitoblar bilan kelajak sari” nomli ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
✨Sayohat davomida ishtirokchilar axborot-kutubxona markazining elektron o‘quv zali, uning imkoniyatlari va zamonaviy axborot texnologiyalari orqali bilim olish jarayoni bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, kutubxona fondidagi turli janr va mavzularga oid kitoblar haqida ma’lumot berilib, kitobxonlarga adabiyotlarni tanlash va mutolaa qilish yuzasidan tavsiyalar taqdim etildi.
📚Mazkur ma’rifiy sayohat yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda zamonaviy kutubxona xizmatlaridan samarali foydalanishga yo‘naltirishga xizmat qildi.



